Valentina Skultening ushbu mashhur o‘quv qo‘llanmasi ingliz tilini tez va oson o‘rganishni istagan bolalar hamda katta yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Kitobdan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi bilan mashg‘ulot olib borishda foydalanish mumkin. O‘quv materiallari qiziqarli tarzda berilgan bo‘lib, unda ingliz mumtoz adabiyoti namunalarining asl matnlaridan ham foydalanilgan.

