Kichkintoylar uchun ovqatlanish jarayonini quvnoq o‘yinga aylantiruvchi pingvincha tarelka to‘plami!
Farzandingizning ishtahasi yo‘qmi yoki ovqat yeyishni xohlamayaptimi? Pingvin shaklidagi sektsiyali bolalar tarelkasi bu muammoni oson yechib beradi. Yorqin va yoqimtoy dizayn bolaning e’tiborini tortadi va mustaqil ovqatlanish ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi.
Nega aynan ushbu bolalar idish-tovoq to‘plamini tanlash kerak?
3 ta alohida bo‘lim: Taom, sabzavot va mevalarni bir-biriga aralashtirmasdan ajratib qo‘yish uchun juda qulay. Bolaga turli xil yeguliklarni bir vaqtda taklif qilish imkonini beradi.
100% Xavfsiz va baquvvat: Yuqori sifatli, zararsiz oziq-ovqat plastikidan tayyorlangan. Yiqilib tushganda sinmaydi va darz ketmaydi.
Ergonomik vilka va qoshiq: To‘plamdagi qoshiq va vilka bolalarning kichkina qo‘llari ushlashi uchun va og‘ziga shikast yetkazmaslik uchun maxsus yumaloqlangan shaklda ishlangan.
Tozalash oson: Yuvish juda oson, yog‘ va ovqat qoldiqlari tezgina ketadi.
Ajoyib sovg‘a: Kichkintoylarning tug‘ilgan kuni va birinchi qo‘shimcha ovqatlanish (prikorm) davri uchun eng yaxshi hamda foydali sovg‘a.
To‘plam tarkibi:
Pingvin shaklidagi 3 bo‘limli tarelka
Bolalar uchun xavfsiz vilka
Bolalar uchun xavfsiz qoshiq
Himoyalangan sovag‘a qutisi/qadoq

