Bu nima: EVA materialidan tayyorlangan 10 ta pazl-gilamcha. Har bir detalda bitta raqam bor — 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9. Detallar chetidagi tishchalar orqali bir-biriga ulanib, bitta katta gilamga aylanadi.
Aynan raqamlar: ba'zi sotuvchilarda rasm tasodifiy keladi. Bu to'plamda esa har doim 0 dan 9 gacha raqamlar bo'ladi.
O'lchami: har bir detal 29×29 sm. 10 ta detaldan turli shakldagi o'yin maydoni yig'ish mumkin.
Nimaga foydali: bola raqamlarni ko'rib, sanashni va tartibni o'rganadi; pazlni yig'ish orqali qo'l harakatlari va mantiq rivojlanadi. Yumshoq yuzasi polda o'tirib o'ynash va emaklash uchun qulay.
Qulayligi: oson yig'iladi va ajratiladi, tozalash oson, kam joy egallaydi.
Kimlar uchun: bolalar xonasi, o'yin burchagi va bog'cha uchun.

