“Robbimning 99 go‘zal ismi” (Asmaul Husna) — bolalar uchun mo‘ljallangan ma’rifiy va tarbiyaviy kitob. Ushbu kitobda Alloh taoloning 99 go‘zal ismi sodda va tushunarli tilda, bolalar qalbiga yaqin tarzda bayon etilgan. Har bir ismning ma’nosi qisqa izohlar bilan tushuntiriladi va farzandlarda mehr-oqibat, sabr, shukronalik kabi go‘zal fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Kitob rangli dizayn, chiroyli bezaklar va bolalar uchun qulay uslubda tayyorlangan. Ota-onalar farzandlari bilan birga o‘qib, Allohning go‘zal ismlarini o‘rganishlari mumkin.
✨ Yosh: 4+
📖 Mavzu: Allohning go‘zal ismlari (Asmaul Husna)
🎁 Ajoyib sovg‘a va ma’naviy tarbiya uchun mos

