Ushbu kitob bolajonlar uchun maxsus tayyorlangan bo‘lib, unda Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning 40 ta hadislari sodda va tushunarli hikoyalar orqali yoritilgan. Har bir hadis bolalarga mos tarzda izohlanib, ularning qalbida yaxshilik, mehr-shafqat va odob-axloqni shakllantirishga xizmat qiladi.
Kitob rang-barang va chiroyli rasmlar bilan boyitilgan bo‘lib, bolalarning qiziqishini oshiradi va o‘qishga bo‘lgan mehrini kuchaytiradi.

