Kichkina oshpazlar va ijodkor bolajonlar uchun eng mukammal sovgʻa!
"Imagine Funny: Gourmet & Dessert Clay Set" — bu bolalar uchun moʻljallangan, ijodkorlik va rolli oʻyinlarni oʻzida birlashtirgan ajoyib oʻyinchoq toʻplamidir. Toʻplam tarkibidan yumshoq, qoʻlga yopishmaydigan va xavfsiz plastilin (loy) massasi hamda burger, pitsa, vafli va hot-dog yasash uchun moʻljallangan 19 ta maxsus qolip va plastik idishlar oʻrin olgan. Bola qoliplar yordamida har xil rangdagi plastilinlardan oʻyinchoq taomlar tayyorlaydi va tayyor mahsulotlar bilan haqiqiy kafe yoki restoran oʻyinini oʻynaydi. Barcha plastik elementlar yuqori sifatli, baquvvat va silliq qirralarga ega boʻlib, bolalar uchun mutloqo xavfsizdir. Ushbu toʻplam nafaqat bolaning boʻsh vaqtini unutilmas va qiziqarli oʻtkazishga yordam beradi, balki unda barmoq motorikasi, ranglarni uygʻunlashtirish va muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Uzum Marketda buyurtma bering va farzandingizga oʻz shirinliklar olamini yaratish quvonchini hadya eting!

