• Nozik teri uchun mos
• Qurituvchi ta’sirga ega
• Toshma va qizarishni oldini oladi
• Yengil yoqimli hid
• Kundalik foydalanish uchun xavfsiz
BEMBI bolalar kukuni — chaqaloqning nozik terisi uchun ilk kunlardan boshlab mo‘ljallangan ishonchli va muloyim parvarish vositasi. Maxsus ishlab chiqilgan formula yuqori sifatli talk asosida bo‘lib, ortiqcha namlikni samarali yutadi va terida toshma, qizarish hamda noqulaylik paydo bo‘lishining oldini oladi.
Kukun terida yengil himoya qatlamini hosil qilib, terining “nafas olishini” ta’minlaydi, g‘ovaklarni berkitmaydi va quritib yubormaydi. Tarkibidagi tabiiy o‘simlik ekstraktlari (moychechak, lavanda, archa, itkanak) terini tinchlantiradi, qizarishni kamaytiradi va tiklanishiga yordam beradi.
Yumshoq va mayin tuzilma teriga oson surtib tarqaladi, to‘planib qolmaydi va yopishqoq his qoldirmaydi. Yengil yoqimli hid kundalik parvarishni yanada qulay va yoqimli qiladi.
BEMBI kukuni cho‘miltirishdan keyin, pampers almashtirganda va kun davomida terini quruq va toza saqlash uchun ideal tanlovdir. Kundalik foydalanish uchun mos.

