Kitob haqida:
Biz bolalikni hayotimizning eng baxtli va tashvishsiz davri deb hisoblashga o‘rganib qolganmiz, bolalar stress va og‘riq qarshisida qanchalik himoyasiz ekanini unutib qo‘yamiz.
Ko‘plab tadqiqotlar ota-onalarning ajrashishi yoki tez-tez janjallashishi, yaqinlarining o‘limi, tengdoshlarning haqorat qilishi yoki oiladagi zo‘ravonlik turli kasalliklar va buzilishlarga sabab bo‘lishini tasdiqladi. Stress organizmda kuchli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, tana kimyosini o‘zgartiradi, ruhiy yoki jismoniy jarohatlangan bola esa sog‘lig‘i buzilgan kattalarga aylanadi.
Donna Jekson Nakazava o‘z kitobida bolalik davridagi og‘ir sinovlarning oqibatlarini yengib, sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan insonlar haqida hikoya qiladi. Siz nafaqat o‘tmish bilan kurashishga qanday yordam berishni o‘rganasiz, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan stress va kasalliklar zanjirini qanday uzish mumkinligini ham tushunib olasiz.
Ushbu kitobdan siz quyidagilarni o‘rganasiz:
- Nima sababdan miya o‘tmishda qolib ketadi va buni qanday o‘zgartirish mumkin.
- Hissiy zo‘riqishlar umr davomiyligiga qanday ta’sir qiladi.

