ⓘ Ranglar tasodifiy tartibda tushib qolish extimoli bor
1. Bolalar uchun futbol sorokonojkalari (Mini-futbol va sun'iy maydonlar uchun)
- Tavsif: Yosh va faol futbolchilarning har kunlik mashg‘ulotlari hamda o‘yinlari uchun eng qulay tanlov. Oyoqni juda qulay quchib turadi, to‘pni yaxshi his qilish va maydonda erkin harakatlanish imkonini beradi.
- Maydon turi: Maktab stadionlari, mini-futbol xonalari, sun’iy maysali kichik maydonlar va rezina qoplamalar.
- Afzalligi: Maxsus yumshoq ichki padoshvasi yugurganda zarbni kamaytiradi. Bu esa bolaning oyoqlari va tizzalari tez charchab qolishidan hamda jarohatlardan ishonchli himoya qiladi.
2. Bolalar uchun futbol butsasi (Katta stadionlar va professional o‘yinlar uchun)
- Tavsif: Katta va yashil maydonlarda o‘yin taqdirini hal qiladigan yosh chempionlar uchun mo‘ljallangan professional butsalar. Maksimal darajada yengil materiallardan tayyorlangani sababli bolaning tezligini oshirishga xizmat qiladi.
- Maydon turi: Katta futbol stadionlari (tabiiy o‘tli maydonlar va sifatli baland sun’iy maysa qoplamalari).
- Afzalligi: Ostidagi uzun va mustahkam shiplari maysaga mukammal darajada sanchiladi. Bu sirpanib ketishni butunlay oldini oladi, burilishlarda muvozanatni saqlaydi va tezkor manevrlar paytida xavfsizlikni ta’minlaydi.