Bolalar elektr mashinalari va kvadrotsikllarini yuqori tezlik hamda kuchli tortish kuchi bilan ta'minlovchi universal motorli reduktor bloki!
Ushbu uzatgich moduli 24V kuchlanishda ishlaydi va uning baquvvat elektr dvigateli minutiga 22000 aylanish tezligini (22000 RPM) hosil qilib beradi. Reduktorning ichki shesternyalari qattiq va chidamli materiallardan tayyorlangan bo'lib, uzoq vaqt davomida yuqori yuklamalar ostida ham yeyilib ketmasdan ishonchli xizmat qiladi. Oq rangli plastik tishli qismi g'ildirak uyasiga mahkam o'tiradi va sirpanib ketishning oldini oladi.
Yig'ilgan tayyor korpus dizayni uni moshina shassisiga o'rnatish jarayonini juda osonlashtiradi. Quvvati kamayib qolgan, tishlari sinib qirshillayotgan yoki butunlay kuygan eski reduktorlarni almashtirish hamda bolalar elektromobilini qayta tiklash uchun eng ishonchli ehtiyot qismdir.

