Bolalar elektr mashinalari va jiplari uchun raqamli LCD displeyli, ko'p funksiyali universal multimedia boshqaruv bloki (bort magnitolasi)!
Ushbu zamonaviy modul yordamida bolajonlar USB fleshka va AUX orqali sevimli musiqalarini eshitishlari, mikrofon (MIC) ulab qo'shiq kuylashlari mumkin. Katta yorug'likli displey moshina akkumulyatorining kuchlanishini (Volt) aniq ko'rsatadi. Panelda markaziy ishga tushirish (Start/Stop/Lamp), signal (klaxon), tezlikni sozlash (Fast/Slow) hamda harakat yo'nalishi (Forward/Back) tugmalari qulay joylashgan.
Orqa qismidagi moviy rangli plata zavod simlariga ulanadigan xavfsiz ulanish konnektorlariga ega. Kuygan, ekrani ko'rsatmay qolgan yoki tugmalari ishlamayotgan bolalar elektromobillarini ta'mirlash uchun eng mukammal mikrosxemali ehtiyot qismdir.

