«Bolakay, Ko‘rsichqon, Tulki va Tulpor» — Charli Makkizining rasmlar va qisqa suhbatlardan iborat asari. Qiziquvchan bolakay, ko‘rsichqon, ehtiyotkor tulki va dono tulpor birga yo‘lga chiqib, qo‘rquvlari va kashfiyotlari bilan bo‘lishadi.
Kitob do‘stlik, mehr, umid va muhabbat haqida. Tasvirlar hamda sodda suhbatlar orqali insoniylik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash mavzulari ochiladi. Turli yoshdagi kitobxonlar va oilaviy mutolaa uchun.

