Kitob nomi: Bolakay, Koʻrsichqon, Tulki va Tulpor
Muallif: Charli Makkizi (Charlie Mackesy)
Janri: Zamonaviy klassika, motivatsion va illyustratsiyali asar
Tili: Oʻzbek tili
Dunyo boʻylab millionlab kitobxonlar qalbidan joy olgan va «The New York Times» bestselleriga aylangan moʻjizaviy asar!
Bu kitob — toʻrt nafar turli xarakterdagi doʻstlarning (Bolakay, Koʻrsichqon, Tulki va Tulpor) hayot, mehr-oqibat, jasorat va doʻstlik haqidagi samimiy gurunglaridan iborat. Muallifning goʻzal illyustratsiyalari va teran fikrlari har bir sahifada qalbingizga iliq tuygʻular bagʻishlaydi.
Kimlar uchun tavsiya etiladi?
Oʻziga va yaqinlariga mehr, ruhiy xotirjamlik va ilhom bagʻishlamoqchi boʻlgan har bir kitobxon uchun eng yaxshi tanlov!

