«Bola va pul» — bolalar uchun mo‘ljallangan moliyaviy savodxonlikka oid qo‘llanma. Unda pul nima ekanligi, undan oqilona foydalanish, tejash, cho‘ntak pulini to‘g‘ri sarflash, kirim-chiqimlarni hisoblash, xarid qilishdan oldin o‘ylash, investitsiya va qarz kabi mavzular sodda tarzda tushuntiriladi. Kitob hikoyalar, hayotiy misollar va topshiriqlar orqali bolalarda pulga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Muallif pul maqsad emas, vosita ekanini, haqiqiy boylik esa oila, do‘stlik, mehr-muhabbat va halollik kabi qadriyatlarda ekanini ta’kidlaydi.

