• Nomi Bola hayotida bog‘lanish: yashirin tayanch
• Janr Psixologiya, tarbiya, ota-onalar uchun
• Format A5
• Betlar soni 163 bet
• Muqova Yumshoq muqova
• Muallif Lyudmila Petranovskaya
Ushbu kitobda mashhur bolalar psixologi Lyudmila Petranovskaya bola rivojlanishida bog‘lanishning o‘rni va ahamiyatini sodda tilda tushuntirib beradi. Muallif bolalar nega injiqlik qiladi, nima sababdan maktabga borishni xohlamaydi yoki o‘smirlik davrida qo‘pollashadi, degan savollarga ilmiy va hayotiy misollar bilan javob beradi. Kitob ota-onalarga bolani “erkalatib yuborish”dan qo‘rqmasdan, unga tayanch bo‘lish, ishonch va xavfsizlik hissini berish yo‘llarini ko‘rsatadi. Asar farzand bilan mustahkam va sog‘lom munosabatlar qurishni istagan barcha ota-onalar uchun foydalidir.

