Tavsif:
Ulug‘ bobokalonimiz, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning bolalik yillari qanday kechganini bilasizmi? Atoqli o‘zbek adibi Oybek qalamiga mansub "Bola Alisher" Odatim qissasi maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlarni buyuk shoirning yoshlik dunyosiga sayohat qildiradi!
"Turon Zamin" ("Turon Zamin Ziyo") nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu tarixiy-badiiy asarda yosh Alisherning ilmga va she’riyatga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi, uning o‘tkir zehnli, aqlli, odobli va adolatparvar bola bo‘lib ulg‘aygani hayotiy lavhalar orqali juda jonli tasvirlangan Odatim. Kitob bolajonlarda milliy qadriyatlarimizga, tariximizga va kitobxonlikka bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, ularni zukkolikka undash uchun eng mukammal tarbiyaviy manbadir

