• Glyukozamin sulfat, xondroitin sulfat, kollagen va C vitamini yordamida bo'g'inlar va umurtqa pog'onasini oziqlantirish va tiklash
Glyukozamin sulfat, xondroitin sulfat, kollagen va C vitamini yordamida bo'g'inlar va umurtqa pog'onasini oziqlantirish va tiklash
ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Har bir tabletkaning tarkibi quyidagilardan iborat:
Glyukozamin sulfat - 750 mg
Xondroitin sulfat - 200 mg
Kollagen - 40 mg
Vitamin C - 35 mg
Qo‘shimcha ingrediyentlar: Yetarli miqdorda.
PRЕPARATNING TA’SIRI
VITAL HONDRA PLUS glyukozamin-xondroitin kompleksi bo‘g‘imlarga va biriktiruvchi to‘qimalarning oziqlanishiga, tog‘ay to‘qimalarining tiklanishiga yordam beradi va ularning yemirilishini oldini oladi, va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Bo‘g‘imlar, suyaklar va biriktiruvchi to‘qimalar hosil bo‘lishida qatnashadi.
Bo‘g‘im kasalliklari asosan tog‘ay to‘qimalarining haddan ziyod yemirilishi bilan kechadi. Ushbu kompleksda kollagen va vitamin C qo‘shilgan bo‘lib, organizmdagi tog‘ay to‘qimasi va biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi muhim moddadir. Glyukozamin va Xondroitin tog‘ay to‘qimalarining asosiy komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Glyukozamin har bir inson organizmida uchraydi va tayanch-harakat tizimining me’yorida ishlashini ta’minlaydi. Inson yoshi o‘sishi bilan glyukozamin organizmda kamayib boradi, bu esa bo‘g‘imlarda patologik o‘zgarishlarga olib keladi. Organizmga tashqaridan tushadigan glyukozamin, tabiiy proteoglikanlar va gialuron kislotalar hosil bo‘lishini ko‘chaytiradi. Bundan tashqari, glyukozamin sulfat bo‘g‘imlarni himoya qilish xususiyatiga xam ega. U bo‘g‘imlarni yemiruvchi erkin radikallar va fermentlardan himoya qiladi. Ayniqsa glyukozamin nesteroidli shamollashga qarshi vositalar (NSHQV) qabul qiluvchi insonlar uchun juda foydali, chunki ushbu preparatlar glyukozaminoglikanlarning parchalanishi hisobiga tog‘ay to‘qimalarini yemiradi. Glyukozamin bu protsessning oldini oladi va shu bilan bo‘g‘imlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xondroitin organizmda bo‘g‘imlararo suyuqlikni qayishqoqligini ta’minlab, uning miqdorini tiklaydi, tog‘ay to‘qimalarini fermentlar ta’siridan himoya qilib, bu bilan ularning yemirilishini oldini oladi.
Kollagen – muhim oqsil moddasi hisoblanib, odam tanasi massasining 6% ini tashkil qiladi. Kollagen katta miqdorda tog‘ay to‘qimalarida bo‘lib, ayniqsa bu oqsilga shikastlangan bo‘g‘imlarning zaruriyati kattadir. Ushbu oqsil moddasi maxsus hujayralar glyukozamin, vitamin C va lizin ishtirokida ishlab chiqariladi. 27 yoshdan keyin bu oqsilning organizmdagi sintezi kamayib boradi. Kollagenning kunlik normasi 10 g tashkil qilib, buni oziq-ovqat bilan yoki Biologik Faol moddalar ko‘rinishida qabul qilsa bo‘ladi.
Vitamin C – kollagen sintezida maxsus fermentlar ishtirokida qatnashadi. Organizm vitamin S ni ishlab chiqarmaydi, shuning uchun u organizmga oziq-ovqatlar bilan kirib keladi. Kollagen sintezining buzilishi oqibatida qon tomirlari devorlarining o‘tkazuvchanligi oshishi, bu esa terida, bo‘g‘imlarda, milkda qon quyilishiga olib keladi.
VITAL HONDRA PLUS glyukozamin-xondroitin kompleksi quyidagilarni ta’minlaydi:
• Zararlangan tog‘ay to‘qimalarini tiklaydi (regeneratsiya);
• Yallig‘lanishni oldini oladi, og‘riqni kamaytiradi va bo‘g‘imlardagi zo‘riqishni yengillashtirib shishlarni kamaytiradi,bo‘g‘imlardagi harakatni yengillashtiradi; tirnoq, suyak to‘qimalari, bo‘g‘imlar usti biriktiruvchi to‘qimalarining hosil bo‘lishi va ularning birikishini yaxshilaydi; Bundan tashqari yurak klapanlari, qon tomirlar, ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqarish traktlariga ijobiy ta’sir etadi hamda sinoviyal (bo‘g‘imlar orasi) suyuqligining me’yorini saqlab turadi;
• tog‘ay metabolizmi jarayoniga ijobiy ta’sir etadi;
• fermentlarning biriktiruvchi va tog‘ay to‘qimasiga yemiruvchi ta’sirini pasaytiradi;
• bo‘g‘imlarning yengil ishlashini ta’minlovchi gialuron kislotasi sintezini kuchaytiradi;
• qonda xolesterin miqdorini kamaytirib, qon tomirlari devorida aterosklerotik tugunlar paydo bo‘lishini kamaytiradi va tanada umumiy qon aylanishini yaxshilaydi.
VITAL HONDRA PLUS VA SPORT
Bugungi kunda sportga qiziqish tobora ortib bormoqda. Professional sportchilar biladilarki, uzluksiz davom etadigan mashaqqatli mashqlar tog‘ayni yemirilishiga, bo‘g‘imlarni shikastlanishga olib keladi. Havaskor sportchilar, odatda, ahamiyatsiz tuyulgan muammolarga alohida e’tibor bermaydilar. Og‘riq, charchoq ularni o‘z-o‘zidan o‘tadigan vaqtinchalik hodisa deb hisoblaydilar. Ayni paytda, og‘riq va bezovtalik jiddiy qo‘shma muammolarning boshlanishini ko‘rsatishi mumkin.
Tog‘ay faqat tananing himoya mexanizmlari va ichki resurslari tufayli mustaqil ravishda tiklanishi mumkin emas. Ular regeneratorning maksimal 50% ni ta’minlaydi. Shuning uchun organizmga shikastlangan tog‘ay va bo‘g‘imlarni qayta tiklashga qaratilgan maxsus ozuqaviy yordam zarurdir. Bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun organizmni tanadagi metabolizmda va tog‘ay to‘qimalari shakllanishida qatnashadigan biologik faol moddalar va zaruriy elementlar bilan ta’minlash lozimdir.
Avvalo, bu glyukozamin va xondroitindir. Bular sportdagi ozuqalanishining asosiy qismidir.
Glukozamin va xondroitin qabul qilinishi bo‘g‘imlarni mustahkamlash va tiklashga yordam beradi. Ushbu moddalar sportchilar uchun oziqlanishning bir qismi bo‘lishi kerak. Ular eng yaxshi tayyor sport mahsulotlari va maxsus sport vitaminlari tarkibiga kiradi.
QO‘LLANILISHI
• Regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi;
• Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita;
• Bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;
• Medikamentoz terapiyaning zararli ta’sirlaridan tog‘ay to‘qimalarini himoya qiladi;
• Artroz;
• Artrit;
• Osteoxondroz;
• Spondilez;
• Mushak – skelet tizimining har xil degenerativ – distrofik kasalliklarida.
Ba’zi bir holatlarda xondroprotektiv ta’sirga ega bo‘lgan kapsula yoki tabletkalar profilaktik maqsadda ham tavsiya etiladi. Bu toifadagi insonlarga sportchilar, qariyalar, klinik belgisi bo‘lmagan artroz tashhisi qo‘yilganlar kiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
• Homiladorlik va emizikli davrda;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
• Tromboflebitlar va qon ivishishi me’yorining buzilishlarida;
• Qandli diabet;
• Buyrak va jigar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir xastaliklar;
• Yakka tartibdagi yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Birinchi 3 hafta mobaynida: kuniga 1 tabletkadan 2 mahal.
4- haftadan kuniga 1 tabletkadan 1 mahal.
Davolanish kursining davomiyligi, odatda 3 oydan 6 oygacha.
Ba’zi tabletka, kapsula va BFQlar iste’molchilar tomonidan 6 oygacha qabul qilinishi mumkin. Ammo ba’zi holatlarda, qo‘llash uchun maxsus yo‘riqnomalar ham biriktirilishi mumkin. Davolanish kursini uzaytirishning har qanday holatida mutaxassis maslahati kerak bo‘ladi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Ba’zi holatlarda meteorizm, ko‘ngil aynishi, diareya, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, allergik reaksiya – eritema kuzatilishi mumkin.
PRЕPARATNING MЕ’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
BOSHQA PRЕPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Paratsetamol, Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) va glyukokortikosteroidlar bilan birga qabul qilish mumkin.
SAQLASH SHAROITI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan, salqin va quruq joyda +5C dan +25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlaniladi. Quyosh nuri va namlikdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati - 2 yil.
ISHLAB CHIQARUVCHI
«ANFA IMPORTS AND EXPORTS» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod 2 mavzesi, Husniobod MFY.
E-mail: info@anfa.uz. Tel: +998 95 1-9559-00
Qo'llanilishi biriktirilgan yo'riqnomada ko'rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Reg. № 001973/2 07.11.2023

