Fizioterapevtik elektr massajer bo‘g‘imlar uchun (tizzalar, tirsaklar, yelka) – Fever Knee Massager
Fizioterapevtik elektr massajer bo‘g‘imlar uchun – bu qulay, engil va samarali massaj qurilmasi bo‘lib, tizza, tirsak yoki yelka bo‘g‘imlarini massaj qilishda qo‘l keladi.
Elektr massajer isitish funksiyasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ayniqsa kattalar, sportchilar yoki jarohatdan keyin tiklanayotganlar uchun foydali. Qurilma mushaklardagi taranglikni va charchoqni kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi hamda tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Vakuum va issiqlik terapiyasi birgalikda davolovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy xususiyatlari:
- Mos keladigan sohalar: tizza, tirsak, yelka bo‘g‘imlari.
- 3 xil vibratsion rejim.
- Haroratni 40–60 °C oralig‘ida sozlash imkoniyati.
- Issiqlik va vibratsion massaj orqali qon aylanishini yaxshilash va og‘riqni kamaytirish.
- Neopren materialdan tayyorlangan.
- Qo‘shimcha lentalar yirik bo‘g‘imlarga moslash uchun.
- Zastyojka (lipuchka) yordamida qulay o‘rnatish.
- Magnit orqali mahkamlanadigan, zaryadlanadigan boshqaruv bloki.
- 900 mA/soat sig‘imli akkumulyator (2 soatgacha ishlash imkoniyati).
- To‘liq zaryadlanish vaqti: 180 daqiqa.
Foydalanish tartibi:
- Qurilmani USB kabel yordamida tok manbaiga ulang va 180 daqiqa davomida zaryadlang.
- Boshqaruv blokini magnitga o‘rnating va massajerni tizza, tirsak yoki yelka bo‘g‘imiga taqing. Lipuchka yordamida mahkamlang.
- Har bir seansda 20 daqiqadan oshirmang. Kunda 2 martadan ko‘p ishlatmang.
- Boshqaruv tugmalari:
- Quvvat tugmasi (yoqish/o‘chirish).
- M tugmasi – rejimlarni (1–3) almashtirish.
- (+/-) tugmalari – haroratni sozlash. Ekranda raqamli ko‘rinishda graduslar aks etadi.
Ishlatib bo‘lgach, qurilmani o‘chiring.

