Bel uchun o‘simlik asosidagi plastir tabiiy o‘simlik ekstraktlari asosida tayyorlangan.Bel currasi , artrit va revmatizm ogriqlarida samarali yordam beradi. Bel va orqa sohasida qulaylik hissini ta’minlashga yordam beradi, teriga mahkam yopishadi va kundalik foydalanish uchun mos. Faol hayot tarzi, uzoq vaqt o‘tirib ishlash, jismoniy mashqlar va kundalik harakatlar paytida foydalanish mumkin.
Xususiyatlari
- Mahsulot turi: bel uchun plastir
- Miqdori: 12 dona
- Qo‘llanilish sohasi: bel va orqa qismi
- Shakli: o‘z-o‘zidan yopishuvchi plastir
- Erkaklar va ayollar uchun mos
- Kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan
- Harakatni cheklamaydi
- Kiyim ostida deyarli bilinmaydi
Tarkibi
- O‘simlik ekstraktlari
- Tabiiy efir moylari
- Tibbiy yopishtiruvchi qatlam
- Noto‘qima mato asos
Qo‘llanilishi
- Terini tozalang va quriting.
- Himoya qog‘ozini olib tashlang.
- Plastirni bel yoki kerakli sohaga yopishtiring.
- Tavsiya etilgan vaqt davomida foydalaning.
- Foydalanilgandan so‘ng ehtiyotkorlik bilan olib tashlang.
Faol hayot tarzi, uzoq vaqt o‘tirish, jismoniy yuklamalar va kundalik faoliyat vaqtida bel sohasida qulaylikni saqlash uchun mos.
Plastirdan profilaktika sifatida foydalaning ,yani muntazam kuchsiz ogriqlarni bartaraf etish uchun. Kuchli va tuxtovsiz ogriqlarda shifokorga murojaat qilishingizni maslahat beramiz.