• Samolyot modeli - Boeing 787-8 Dreamliner
• Aviakompaniya - Uzbekistan Airways
• Uzunligi - 47 sm
• Bort raqami - UK78702
• Detalizatsiya va nusxa darajasi ancha yuqori
Boeing 787 Dreamliner Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti modeli
Boeing 787 Dreamliner Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotining kolleksiya modeli. Haqiqiy samolyotning kichraytirilgan nusxasi. Go'zal va o'zgacha Boeing 787 Dreamliner samolyoti. Bort raqami UK78702. Model bayroq rangiga bo'yalgan.
Modelning uzunligi 47 sm ni tashkil qiladi va model anchagina katta o'lchamlarga ega. Javon yoki stolda shubxasiz e'tiborni tortadi. Modelda ishlatilgan materiallar metall va plastik, bu esa mahsulotning mustahkamligi va uzoq xizmat qilishini ta'minlaydi.
Modelning o'z stendi (podstavkasi) borligi va o'lchamlari ancha kattaligi uni joylashtirishda qo’shimcha imkoniyatlar beradi va e'tiborni jalb etish uchun ajoyib vosita hisoblanadi.
Aviatsiya ixlosmandlari hamda kolleksionerlar uchun noyob va juda ajoyib variant hisoblanadi.
MUHIM: bu model o'yinchoq emas va 14+ yosh chekloviga ega.

