• Samolyot modeli - Boeing 787 Dreamliner
• Aviakompaniya - Uzbekistan Airways (Uzairways)
• Uzunligi - 14 sm
Boeing 787 Dreamliner Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti modeli
Boeing 787 Dreamliner Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotining kolleksiya modeli. Haqiqiy samolyotning kichraytirilgan nusxasi. Go'zal va o'zgacha Boeing 787 Dreamliner samolyoti. Bort raqami UK78701. Model bayroq rangiga bo'yalgan. Livreyada ko'k, yashil, oq, sariq, qora va qizil rang elementlar mavjud.
Modelning uzunligi 14 sm ni tashkil qiladi va model juda ixcham o'lchamlarga ega. Javon yoki stolda ko'p joy egallamaydi, biroq albatta e'tiborni tortadi. Modelda ishlatilgan materiallar metall va plastik, bu esa mahsulotning mustahkamligi va uzoq xizmat qilishini ta'minlaydi.
Modelning o'z stendi (podstavkasi) borligi va o'lchamlari ixchamligi uni joylashtirishda qo’shimcha imkoniyatlar beradi va modelni xohlagan joyga joylashtirish mumkin bo’ladi.
Aviatsiya ixlosmandlari hamda kolleksionerlar uchun ajoyib variant hisoblanadi.
MUHIM: bu model o'yinchoq emas va 14+ yosh chekloviga ega.

