Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi uzilgan holida isteʼmol qilinadi. Uni marinadlab va konservalab xam ishlatiladi. Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Undan kosmetologiyada xam foydalaniladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Bodringni Ranniy–645, O‘zbekiston–740, Navro‘z, Omad, Talaba va chet el duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina kabi nav namunalari ekiladi.
Urug‘ tanlash.
Ekiladigan bodring urug‘i toza, unuvchanligi yuqori, kasalliklardan xoli, butun va to‘la bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lar ekish oldidan iliq suv yoki o‘sishni boshqaruvchi moddalardan birida 10–12 soat davomida ivitib qo‘yiladi.
Yer tayyorlash.
Bodring uchun unumdor, gumus miqdori yuqori bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.
Ekish muddati va sxemasi.
Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda; o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5 may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10 may, shimolda 1–15 may, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun, shimoliy mintaqalarda 15–25 mayda ekiladi. Ertagi mahsulot yetishtirish uchun 70+140/2×40 sm sxemada urug‘ ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm, pushlaral orasi 140 sm va o‘simliklar oralig‘i 40 sm ni tashkil etadi. Urug‘lar qo‘lda 4–5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘ sarfi 1 sotixga 20–30 g (10 sotixga 200– 300 g).Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi uzilgan holida isteʼmol qilinadi. Uni marinadlab va konservalab xam ishlatiladi. Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Undan kosmetologiyada xam foydalaniladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Bodringni Ranniy–645, O‘zbekiston–740, Navro‘z, Omad, Talaba va chet el duragaylaridan Alibi, Asteriks, Regal, Ayaks, Superina kabi nav namunalari ekiladi.
Urug‘ tanlash.
Ekiladigan bodring urug‘i toza, unuvchanligi yuqori, kasalliklardan xoli, butun va to‘la bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi. Urug‘lar ekish oldidan iliq suv yoki o‘sishni boshqaruvchi moddalardan birida 10–12 soat davomida ivitib qo‘yiladi.
Yer tayyorlash.
Bodring uchun unumdor, gumus miqdori yuqori bo‘z va o‘tloqi bo‘z tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urug‘ ekiladigan maydonlar o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan go‘ng solinadi. Chirigan go‘ng bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan go‘ng va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sug‘orish egatlari olinadi.
Ekish muddati va sxemasi.
Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda; o‘rtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5 may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10 may, shimolda 1–15 may, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun, shimoliy mintaqalarda 15–25 mayda ekiladi. Ertagi mahsulot yetishtirish uchun 70+140/2×40 sm sxemada urug‘ ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm, pushlaral orasi 140 sm va o‘simliklar oralig‘i 40 sm ni tashkil etadi. Urug‘lar qo‘lda 4–5 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‘ sarfi 1 sotixga 20–30 g (10 sotixga 200– 300 g).

