“Orzu” bodring urug‘i – serhosil, tez unib chiqadigan va oson parvarish qilinadigan nav. Ochiq maydon va issiqxonada ekish uchun mos. Mevalari uzun, xushbo‘y va shirin ta’mli. Urug‘lar yuqori unuvchanlikka ega bo‘lib, 7–10 kun ichida unib chiqadi. Qator oralig‘i 50-70 sm, chuqurligi 1–2 sm bo‘lishi tavsiya etiladi. Bahor va yoz mavsumida ekish tavsiya qilinadi. Tuproqni yumshoq va unumdor qilgan holda, namlikni me’yorida saqlash orqali yuqori sifatli hosil olish mumkin. Saqlash: quruq va salqin joyda, 2–3 yil davomida.

