Bloody WS87 Naraka — o‘yinlar, dasturlash va kundalik kompyuter ishlari uchun mo‘ljallangan mexanik klaviatura. TKL dizayni raqamli tugmalar blokisiz ixcham joylashuvni ta’minlaydi va sichqoncha uchun ko‘proq joy qoldiradi.
Klaviatura uchta ulanish rejimiga ega: Bluetooth 5.1, 2.4 GHz simsiz va USB Type-C simli. Ikkita Bluetooth qurilmasi, bitta 2.4 GHz qabul qilgich va bitta simli ulanish rejimi o‘rtasida almashish mumkin.
BLMS Red Plus mexanik switchlari chiziqli, yengil va ravon bosilish xususiyatiga ega. Switchlar resursi 50 million bosishgacha mo‘ljallangan. O‘yinlarda keng ishlatiladigan 25 ta tugmada mustahkam PBT keycaplar qo‘llanilgan.
Dual-Core Cortex-M4 protsessori, 1000 Hz so‘rov chastotasi va 1 ms simsiz uzatish texnologiyasi tezkor boshqaruvga yordam beradi. N-Key Rollover bir vaqtning o‘zida bosilgan tugmalarni to‘g‘ri qayd etadi.
RGB yoritish 16,8 million rangni qo‘llab-quvvatlaydi. Korpus ichidagi silikon elementlar tugma bosilishidagi ortiqcha shovqin va tebranishlarni kamaytiradi.
4000 mAh akkumulyator yoritish o‘chirilganda 666 soatgacha, yoqilganda esa 80 soatgacha ishlashi mumkin. Haqiqiy ishlash muddati foydalanish sharoitiga bog‘liq.
Komplekt tarkibi

