Bloody P81s ichida BC3332-S Gaming Engine optik sensori ishlatiladi. Sensor sezgirligi 100 dan 8000 CPI gacha sozlanadi. Maksimal tracking tezligi 150 IPS, tezlanish esa 25G.
Sichqonchaning muhim jihatlaridan biri — 2000 Hz gacha Report Rate. Uni 125–2000 Hz oralig‘ida sozlash mumkin. Light Strike texnologiyasidagi infraqizil mikro-switchlar esa 0.2 ms tugma javobini ta'minlaydi.
P81s’da 6 ta Sniper Mode va X/Y o‘qlarining sezgirligini alohida sozlash imkoniyati mavjud. Chap tugma uchun ham 6 xil Weapon Mode sozlanishi mumkin.
RGB yoritish tizimi 16.8 million rangni qo‘llab-quvvatlaydi. Zavoddan 5 ta RGB effekt o‘rnatilgan. Hozirgi rasmiy dasturiy ta'minot — Bloody WorkShop8; Bloody 2026-yilgi versiyasi Windows 10 va Windows 11'ni qo‘llab-quvvatlaydi.

