Bloody J95s ichida BC3332-S Gaming Engine optik sensori ishlatiladi. Sezgirlik 100 dan 8000 CPI gacha sozlanadi. Sensorning maksimal kuzatuv tezligi 150 IPS, tezlanishi esa 25G.
Report Rate 125–2000 Hz oralig‘ida sozlanadi. Tugmalarning javob vaqti 1 ms. Asosiy chap va o‘ng mikro-switchlar 20 milliondan ortiq bosishga, scroll g‘ildiragi esa 500 000 aylantirishga mo‘ljallangan.
J95s'ning muhim xususiyati — alohida F (Fire) tugmasi. Unda turli otish rejimlarini sozlash mumkin. Chap tugma uchun esa 6 ta Weapon Mode, shuningdek, 6 ta Sniper Mode mavjud. X va Y o‘qlari sezgirligini ham alohida sozlash mumkin.
Sichqonchada 15-zonali RGB yoritish, 16.8 million rang va 5 ta standart yoritish effekti mavjud. Sozlamalar va makrolar uchun hozirgi rasmiy dastur — Bloody WorkShop8.

