Bloody A60’ning asosiy xususiyatlaridan biri — Light Strike (LK) texnologiyasi. An’anaviy metall kontakt o‘rniga optik/infraqizil ishlash prinsipi qo‘llanadi va ishlab chiqaruvchi tugma javob vaqtini 0.2 ms gacha deb ko‘rsatadi. Chap va o‘ng asosiy tugmalar resursi 20 milliondan ortiq bosish.
Sichqonchada 6 ta Sniper Mode hamda chap tugma uchun 3 ta Shooting Mode (1/N/3) mavjud. O‘rnatilgan xotira foydalanuvchi sozlamalari va makrolarni sichqonchaning o‘zida saqlashga imkon beradi.
Pastki qismida Metal X'Glide Armor Boot oyoqchalari qo‘llanilgan. Ishlab chiqaruvchi ularning xizmat resursini 300 km dan ortiq deb ko‘rsatadi. Infraqizil scroll g‘ildiragi esa 1 milliondan ortiq aylantirish uchun mo‘ljallangan.

