Blocks konstruktori – bolalarning tasavvuri va ijodkorligini rivojlantiruvchi qiziqarli o‘yinchoq. To‘plam 56 ta yirik va rang-barang detaldan iborat bo‘lib, ulardan uy, minora, mashina, hayvonlar va boshqa turli shakllarni yasash mumkin.
Konstruktor mustahkam va xavfsiz plastikdan tayyorlangan bo‘lib, silliq qirralari tufayli bolalar uchun mutlaqo xavfsiz. Barcha detallar qulay qopqoqli chelak ichida saqlanadi. Qopqoqdagi maxsus teshiklar yordamida bola shakllarni ajratishni ham o‘rganadi.
Blocks konstruktori – farzandingizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga va yangi g‘oyalarni amalga oshirishga yordam beradigan ajoyib o‘yinchoq.

