Kislorod reduktori ballondan kelayotgan gaz – kislorod bosimini pasaytirish va tartibga solish, shuningdek, gazli payvandlash, kesish, kavsharlash (payka) va boshqa gaz-alangali ishlov berish jarayonlarining postlari hamda qurilmalarini ta’minlashda belgilangan ishchi gaz bosimini avtomatik ravishda doimiy bir me’yorda ushlab turish uchun moʻljallangan. Reduktorda gaz bosimining pasayishi, gazning egarcha (sedlo) va klapan orasidagi tirqish orqali ishchi bosim kamerasiga oʻtishi paytidagi bir bosqichli kengayishi hisobiga sodir boʻladi.

