Soqoldan keyin ishlatiladigan balzam
Yallig‘lanishga qarshi va namlantiruvchi xususiyatlarga ega sezgir teri uchun mo‘ljallangan ushbu tetiklantiruvchi, xushbo‘y soqoldan keyingi balzam ta’sirlanishni tinchlantiradi hamda teriga nafislik va to‘liq tazelik hissini taqdim etib, kompleks parvarishni ta’minlaydi. Yog‘li qatlam qoldirmay tez so‘riladi.
Balzam tarkibidagi faol moddalar:
- Moychechak ekstrakti kuchli tinchlantiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va tiklovchi xususiyatlarga ega. U qizarishni kamaytiradi, bitishni tezlashtiradi, terini yumshatadi va antiseptik ta’sir ko‘rsatadi.
- Pantenol hujayralar yangilanish jarayonlarini tezlashtiradi, ta’sirlanish va qizarishni oladi. U epidermisda suvni ushlab turadi va terini qurish, tortishish hamda ko‘chishdan (sho‘ralashdan) ҳimoyalaydi. Fibroblastlar ko‘payishini rag‘batlantirib, terining elastikligi, tarangligi va umumiy tuzilishini yaxshilaydi.
- Kollagen namlaydi, terining elastikligi va egiluvchanligini oshiradi, ajinlarni kamaytiradi hamda tiklanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlab, yuzga yoshroq ko‘rinish beradi va qarishning yangi belgilari paydo bo‘lishini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, kollagen terida ҳimoya to‘sig‘ini hosil qilib, uni tashqi omillardan ҳimoyalaydi va kerakli namlik darajasini saqlashga yordam beradi.
- Glitserin — epidermisda suvni o‘ziga tortuvchi va ushlab turuvchi samarali namlantiruvchi bo‘lib, jadal namlanishni ta’minlaydi. U shuningdek okklyuziv ta’sirga ega bo‘lib, namlik yo‘qotilishining oldini oluvchi va teri to‘sig‘ini mustahkamlovchi ҳimoya qatlamini yaratadi. Bundan tashqari, glitserin terini silliqlaydi va yumshatadi, mayda ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi va oziqlantiruvchi moddalarning terining chuqur qatlamlariga kirishini osonlashtiradi.
Qo‘llash usuli: Soqol olgandan so‘ng darhol yuz va bo‘yin terisiga vositadan ozroq miqdorda surting.