Kanakunjut moyi tana terisi, yuz, soch, tirnoq, kiprik va qoshlarni parvarish qilish vositasi. Ta’siri: Tekislaydi, oziqlantiradi, namlaydi, terining quruqligini yo‘qotadi, sochlarga sog‘lom ko‘rinish va jilo beradi. Qo‘llash usuli: moyni tananing kerakli qismiga mayin uqalash harakatlari bilan surting. Yog‘ni sochga surtayotganda 30 daqiqaga qoldiring, so‘ngra suv va shampun bilan yuvib tashlang.

