Rizvan Virk bolaligidan o‘z biznesini ochishni orzu qilgan. Uni Apple va Microsoft asoschilari haqidagi hikoyalar ilhomlantirgan va u ham bir kuni ularning yo‘lini takrorlashga umid qilgan. Bu orzu avval uni MIT universitetida o‘qishga olib keldi, o‘qishni tugatgach esa o‘sha paytdagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri — Lotus kompaniyasida ishlashni boshladi. Bu 1993 yil edi.
Bugungi kunda Rizvan — millioner, muvaffaqiyatli seriyali tadbirkor va investor. Ammo u oddiy yo‘lni bosib o‘tmagan: faqat mantiq va ilmiy yondashuvga ishongan qat’iy materialistdan (baribir MIT bitiruvchisi) chuqur ma’naviy qarashlarga ega insonga aylandi. Uning missiyasi — boshqa odamlarga hayotdagi o‘z yo‘lini topishga yordam berish.
Bu kitob o‘z ustozini uchratgan va o‘rganishdan qo‘rqmagan insonning shakllanishi haqida haqiqiy va juda qiziqarli hikoya. U o‘z tajribasida belgilar, energiyalar va yashirin olamlar mavjudligiga ishonch hosil qildi. Ma’lum bo‘lishicha, biznesda ular ham malakali menejment, moliya yoki strategiya kabi muhim bo‘lishi mumkin.
Bu kitob sizga yoqadimi yoki yo‘qmi — oldindan aytish qiyin. Ammo bir narsa aniq: u sizga tasodifan tushmagan. Axir tasodiflar bo‘lmaydi.
— Yumshoq muqova
— Qog‘oz rangi: oq
— Bonus sifatida zakladka
— Sahifalar soni: 332
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatchaga qo‘shing 📚
To‘liq tavsifni o‘qing.

