Tongni foydali Tezkor bo‘tqalar bilan boshlang! Biz "Bistrov" bo‘tqalarini faqat tabiiy ingredientlardan tayyorladik. Yormalarda suli donining barcha foydali komponentlari (qobiq, endosperm va murtak), ya’ni maksimal foydali xususiyatlar saqlanib qolgan. Bo‘tqaning har bir porsiyasi ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan ovqat tolalari (kletchatka) manbai hisoblanadi. Bo‘tqa tarkibidagi yormalar qaynatilgan yormalar kabi foydali, ammo ular yupqaroq, shuning uchun ularni tayyorlash uchun qaynoq suv quyish kifoya. Olcha, mango va apelsinning pishgan sara bo‘laklari tez muzlatish jarayonidan o‘tadi, so‘ngra vakuum ostida ulardan namlik yo‘qotiladi. Ushbu usul yangi rezavor mevalarning tuzilishi, rangi va ta’mini saqlab qolish imkonini beradi. Keshyu quyoshli Vyetnamda yetishtiriladi. Hosilni yig‘ish jarayoni ko‘p mehnat talab qiladi: keshyu daraxtlari sersuv meva beradi, yong‘oq esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mevadan o‘sadi, shuning uchun yong‘oqlarni faqat qo‘lda yig‘ib, nozik mevaga zarar yetkazmasdan yong‘oqni ajratib olinadi. Xushbo‘y kokoslar Filippin qirg‘oqlaridan keladi. Kokos yong‘og‘ida mazali et ko‘p bo‘lishi uchun uni 10 oy davomida o‘stirish kerak. Har bir bo‘tqaga bir chimdim dengiz tuzini solamiz, bu issiq Isroil quyoshi ostida suvning bug‘lanishi natijasida hosil bo‘ladi va shuning uchun minimal ishlov beriladi.



