Chingiz Aytmatovning «Birinchi muallim» qissasi ilk bora 1961- yilda «Ala - Too» jurnalida qirg'iz tilida e'lon qilingan. Ko'p o'tmay, qissa yozuvchi hamda tarjimon D.Dmitriyevaning tarjimasida «Новый мир» jurnalida bosilgan. Jahonning juda ko'p tillariga tarjima qilingan. Eng yuksak mukofotlarga sazovor bo'lgan. Tez orada u o'zbek tilida ham Zaynab tarjimasida chop etilgan. Asarning qayta ishlab to'ldirilgan ushbu ruschа asliyati ham Chingiz Aytmatov asarlarining mohir tarjimoni, ustoz muallim Asil Rashidov tomonidan o'zbekchalashtirildi. Badiiy tarjima bo'stoni yana bir mumtoz asar bilan boyidi.
Muallif: Chingiz Aytmatov
Nashriyot: Yoshlar matbuoti
Chop etilgan yili: 2024
Betlar soni: 128
ISBN: 978-9943-8635-8-3
Muqovasi: yumshoq

