“1001 rasm. Bolalar uchun birinchi rasmli ensiklopediya” — bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish va yangi so‘zlarni oson eslab qolishiga yordam beradigan foydali kitob. Kitobda yorqin rasmlar va tushunarli nomlar berilgan. Har bir rasm orqali bola atrof-muhitdagi buyumlar, hayvonlar, transport vositalari, sayyoralar, texnika va boshqa narsalar bilan tanishadi. Uyda o‘qitish, bog‘cha yoshidagi bolalar, maktabga tayyorgarlik va sovg‘a uchun juda mos.

