«Ingliz tilidagi ilk 500 ta so‘z» — bolalarni ingliz tilining asosiy so‘zlari bilan tanishtirish va til o‘rganishga qiziqishini oshirish uchun mo‘ljallangan rivojlantiruvchi qo‘llanma.
Kitobda eng ko‘p qo‘llaniladigan 500 ta inglizcha so‘z transkripsiyasi, tarjimasi va rangli rasmlari bilan berilgan. Ko‘rgazmali materiallar yangi so‘zlarni oson o‘zlashtirish, lug‘at boyligini kengaytirish va ingliz tilini o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Nashr uy sharoitida, maktabgacha ta’lim muassasalarida va tayyorlov mashg‘ulotlarida foydalanish uchun mos keladi. Kitob ingliz tilini endigina o‘rganishni boshlayotgan bolalar uchun foydali bo‘ladi.

