• ISBN 978-9943-23-197-9
• Muqova materiali Qog‘oz
• Qog‘oz formati A5
• Muqovasi Qattiq
• Tarjimon Bektosh Hotamov
• Betlar soni 268
• Chop etilgan yili 2022
• Nashriyot Asaxiy Books
• Til O'zbekcha
• Yozuv Kirillcha
Diqqat: agar pulni yomon koʻrsangiz, bu kitobni oʻqimang!
Muvaffaqiyatli biznes sohibi boʻlish uchun tasodifiy harakatlardan tiyilib, puxta reja asosida ishlash kerak. Odatda marketing reja tuzish murakkab va koʻp vaqt oladigan jarayon. Shu bois aksar ishbilarmonlar unga yetarli vaqt ajratmaydi.
Oʻzining “Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing reja qanday qilib oson va tez bitkazishni oʻrgatadi. U birgina sahifaga sigʻadi, toʻqqiz katakdan iborat boʻladi. Uning yordamida siz murakkab marketing rejangizni tuzib, boshlovchidan soha ustasiga aylanishingiz mumkin.
Biznes endi boshlayapsizmi yoki tajribali tadbirkormisiz, bundan qatʼi nazar, bir varaqli marketing reja biznesingizni oʻstiradigan marketing reja tuzishning oson va tezkor usulidir.
Ushbu yangi kitobda siz quyidagilarni bilib olasiz:
• Qanday qilib yangi mijozlar topish va mavjudlaridan koʻproq foyda olish;
• “Katta biznes”larga moʻljallangan marketing kichik va oʻrta biznes strategiyalarini oʻldirishi sabablari;
• Tom maʼnoda bir sahifali shaxsiy marketing reja tuzishdagi oddiy bosqichli jarayon. Shunchaki kitobni oʻqib, boblar soʻngidagi bir varaqli marketing rejaning kataklarini toʻldirib keting.
• Qanday qilib raqiblarni yengish va oʻzingizni mijoz uchun yagona tanlovga aylantirish;
• Qanday qilib toʻgʻridan toʻgʻri javob marketing sirlaridan foydalangan holda, kichik byudjet bilan katta natijalarga erishish;
• Qanday qilib mahsulot va xizmatlaringizga yuqori narx qoʻyish va mijozlar roziligini olish.
Tadbirkor va marketolog Allan Dib oʻzining koʻp yillik tajribasi va izlanishi samarasi oʻlaroq marketing rejani bir varaqqa sigʻdirishga erishdi. Ushbu kitobda muallif bir varaqli marketing reja tuzish barobarida kichik va oʻrta biznes yoʻl qoʻyadigan xatolar va ularni tuzatish yoʻllari, mijoz topish, daromadni oshirish va biznesni avtomatlashtirish haqidagi oʻz bilimlarini oʻrtoqlashadi. Shuningdek, biznesni boshlashdan to uni soʻnggi mijozga sotguncha boʻlgan jarayon bilan ham tanishasiz.
“Bir varaqli marketing reja” kitobida tadbirkor va marketolog Allan Dib marketing rejani tez va oson tuzishni oʻrgatadi. Bu reja birgina sahifada jamlanib, toʻqqiz katakdan iborat boʻladi. Va oʻz murakkab marketing rejangizni tuzishda qoʻl keladi. Natijada siz havaskordan soha ustasiga aylanishingiz mumkin.
Sohada yangimisiz yoki tajribalimi, bundan qatʼiy nazar, “Bir varaqli marketing reja” biznesingizni oʻstiruvchi yoʻriqnoma tuzishning oson va tezkor usulidir.
“Marketing juda murakkablashib borayotganini hamma biladi. Allan Dib bu muammoni oʻzining ajoyib yangi kitobi bilan hal qiladi. Uni oʻqing va hayotingizni soddalashtiring.“
―Al Ries, “Positioning: The Battle for Your Mind“ muallifi

