Ushbu mahsulot maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv xonalari, ofislar va ma’muriy xonalar uchun mo‘ljallangan. Bir tumbali stol hujjatlar, daftarlar va ish jihozlarini qulay joylashtirish uchun amaliy yechim hisoblanadi. Stolning ish yuzasi keng bo‘lib, kundalik ish jarayonida qulaylik yaratadi. Yon qismidagi tumba buyumlarni tartibli saqlashga yordam beradi. Tumba quti va ochiladigan eshikdan iborat bo‘lib, ichki qismida kamida bitta to‘liq o‘lchamli polka mavjud. Mahsulot laminatsiyalangan LDSP materialidan tayyorlanadi. Ko‘rinadigan barcha qirralar kromka bilan qoplanadi, burchak va qirralar yumshatilgan hamda xavfsiz foydalanish uchun silliqlangan bo‘ladi. Pastki qirralarga plastik o'rnatkichlar o‘rnatiladi.
Tenik xususiyatlari:
Kromka qalinligi: kamida 2 mm
Konstruksiya: ish stoli + tumba
Tumba tarkibi: 1 ta ochiladigan quti, 1 ta ochiladigan eshik, 1 ta ichki polka
Rangi: och yog'och rang
Standart talablari: GOST 18313-93, GOST 16371-2014
Ish yuzasi uzunligi: 1200 mm
Ish yuzasi eni: 600 mm
Ish yuzasi balandligi: 760 mm

