Hindistonlik taniqli adib Krishan Chandrning asarlari o'tgan asrning 60-yillaridan o'zbek tiliga o'girila boshlangan. Yozuvchining „Bir qizga ming oshiq" romanida ko'chmanchilar qabilasida voyaga yetgan go'zal qiz La'chiyning hayoti qalamga olingan. Bu shaddod qizni amakisi va onasi 350 rupiyga qabila boshlig'iga sotib yuboradi. Qiz esa bu pulni qabila boshlig'iga qaytarib o'z erkini saqlab qolmoq- chi bo'ladi. Bahorgacha muhlat olib pul yig'ayotgan qizga Gul ismli yigit yordam beradi. Buni bilgan g'animlar yigitni pichoqlab ketadi... La'chiy daraxtlar yaproq yozgunga qadar qarzini uza oladimi? Uning keyingi taqdiri qanday kechadi?
Bu savollarning barchasiga kitobni o'qish davomida javob topasiz.
ISBN : 978-9943-6440-1-4
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 144
Chop etilgan yili : 2022
Nashriyot : Ziyo Nashr
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Muallif : Krishan Chandr

