Zamonaviy dizayn va koʻp funksionallikni oʻzida mujassam etgan bir kishilik premium kravat. Mramor teksturali korpus va yumshoq kapitone (karetka) uslubidagi bosh qismi yotoqxona interyeriga oʻzgacha shinamlik hamda nafislik bagʻishlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
Oʻlchami: 2000 × 80× 80mm (Bir kishi uchun qulay va keng joy)
Matras turi: Qulaylik va toʻgʻri tana holatini taʼminlaydigan sifatli machalkali matras
Sandiq qismi: Oʻrin-koʻrpa va boshqa buyumlarni tartibli saqlash uchun ostida keng va sigʻimli sandigʻi mavjud
Dizayn: Mramor naqshli sifatli karkas hamda tugmachali yumshoq tuygʻu beruvchi baxmal/velyur suyanchiq
Mustahkamlik: Uzoq yillar davomida xizmat qiluvchi baquvvat konstruktsiya
Afzalliklari:
Xonada joyni tejaydi va tartibni saqlashga yordam beradi
Bolalar, oʻsmirlar va kattalar uchun birdek mos keladi
Yigʻish va foydalanish juda qulay

