SUPER TESTLAR BILAN SUPER NATIJAGA ERISHING!
"Biologiya sinov 2024" kitobidan butunlay farq qiladigan, bir-biriga o'xshamagan yangi testlar bilan "Biologiya super testlar 2024" kitobini sizga havola etamiz.
BMBA (DTM) standartida tuzilgan kitobning 30ta varianti, jami 900ta test savollari bor.
Kitob ichidagi testlar, oldingisidan turli xil ekanligi bilan farq qiladi.
- kitodan namuna;Super testlar-2024 BIOLOGIYA Smart books 2 -VARIANT 1. Odamlarda fenilketonuriya kasalligi autosomada joylashgan retsessiv genga bog’liq holda irsiylanadi, qandsiz diabet kasalligi esa X jinsiy xromosomaga birikkan dominant gen hisoblanadi. Fenilketonuriya kasalligiga chalingan qandsiz diabet bo’yicha geterozigota ayol, fenilketonuriya bo’yicha sog’lom lekin qarindoshlari orasida ushbu kasallika chalingan vakillari bor qandsiz diabet kasalligiga ega erkak nikohidan tug’iladigan farzandlarning necha foiz qismi ikki belgi bo’yicha kasal hisoblanadi? A) 56,25% B) 50% C) 12,5% D) 37,5% 2. DNK birinchi zanjiri tarkibidagi sitozin soni 30 ga, timin soni esa 60 ga teng. Adenin va guanin 3:1 nisbatda bo’lib shu DNK asosida sintezlangan oqsildagi aminokislotalar soni 70 taga teng. Ushbu DNK tarkibidagi jami vodorod bog’lar sonini toping. A) 480 ta B) 590 ta C) 360 ta D) 710 ta 3. Plezioavrlar uchun xos bo’lgan xususiyatlatlarni toping. 1) yura davrida qirilib ketgan; 2) yirik sutemizuvchi hayvonlar hisoblanadi; 3) protavis bilan bir sinfga mansub; 4) yo’ldoshli sutemizuvchilar paydo bo’lgan davrda qirilib ketgan; 5) yirik sudralib yuruvchi hayvon; 6) o’simliklar quruqlikka chiqqan davrda paydo bo’lgan; A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 4, 5 4. Quyida berilgan o’simliklarni ularning vegetativ ko’payish usullari bilan to’g’ri jufylang. a) molodilo; b) elodeya; c) binafsha; d) kartoshkagul; 1) bargi orqali; 2) novdasi yordamida; 3) ajratuvchi kurtakchasidan; 4) ildiz bachkisi orqali; 5) ildizpoyasi yordamida; 6) tugunagidan; A) a-1; b-2; c-6; d-5; B) a-3; b-2; c-1; d-6;
Siz yangi testlarni o'rganaverasiz, imtihonga kirish koeffisiyentingiz yanada oshaveradi.
- Unutmang, test abituriyent bilimini o'lchovchi tarozidir!