Biologiya. Nazariy qoʻllanma. 1-qism (I–IV boʻlim)
Mualliflar: Akramjon Mamajanov, Mirzohid Mahmudov
QOʻLLANMA HAQIDA
Mazkur nazariy qoʻllanmada umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5–11-sinf biologiya darsliklari hamda akademik litsey darsligi mazmuni yagona va izchil tizimga solingan. Mavzular mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan, amaldagi va avvalgi nashr darsliklari oʻrtasidagi tafovutlar alohida qayd etilgan.
Darsliklardagi ilmiy jihatdan eskirgan yoki noaniq maʼlumotlar asl holicha saqlangan va ularga ilmiy izoh berilgan. Bu oʻquvchiga darslik maʼlumotini ham, uning zamonaviy ilmiy talqinini ham oʻzlashtirish imkonini beradi.
1-QISM MAZMUNI (4 boʻlim, 11 bob, 54 mavzu)
I boʻlim. Biologiya – hayot haqidagi fan
• 1-bob. Biologiya fani va tiriklik
II boʻlim. Hujayra va molekulyar biologiya
• 2-bob. Hujayraning kimyoviy tarkibi
• 3-bob. Hujayra tuzilishi
• 4-bob. Moddalar va energiya almashinuvi
• 5-bob. Hujayraning boʻlinishi
III boʻlim. Koʻpayish va individual rivojlanish
• 6-bob. Organizmlarning koʻpayishi
• 7-bob. Ontogenez – individual rivojlanish
IV boʻlim. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik
• 8-bob. Irsiyat qonuniyatlari
• 9-bob. Oʻzgaruvchanlik
• 10-bob. Odam genetikasi
• 11-bob. Seleksiya, gen muhandisligi va biotexnologiya
HAR BIR MAVZU TARKIBI
• oʻquv maqsadlari
• tayanch atamalar
• rangli rasm va sxemalar
• jadvallar
• «Esda tuting» bloki
• xulosa
• savol va topshiriqlar
Har bir mavzu boʻyicha test topshiriqlari va videodarslar QR kod orqali beriladi.
KIMLAR UCHUN
Qoʻllanma Milliy sertifikat, attestatsiya va DTM imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotgan oʻquvchilar hamda biologiya fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan.
TEXNIK MAʼLUMOTLAR
• Format: A4 (210 × 297 mm)
• Sahifalar soni: 429 bet
• Bosma: rangli
• Qogʻoz: 80 g/m²
• Til: oʻzbek (lotin yozuvi)
• Nashr: 1-nashr, Namangan – 2026
Biologiya. Nazariy qoʻllanma turkumi 4 qismdan iborat; 1-qism I–IV boʻlimlarni oʻz ichiga oladi.

