📢 Diqqat! Biologiya faniga oid muhim yangilik!
Ushbu kitob Biologiya fanidan Milliy Sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar, abituriyentlar va shu fan ustozlari uchun maxsus tayyorlangan 📘.
📌 Kitobda 30 ta Milliy Sertifikat varianti mavjud.
📌 Har bir variant BMBA (sobiq DTM) yangi tartibidagi testlarga o‘xshash qilib ishlab chiqilgan.
📌 Har bir variantda jami 43 ta topshiriq:
35 ta yopiq savol – berilgan javoblardan to‘g‘risini tanlash kerak.
5 ta ochiq savol – izlanish orqali o‘z fikringizni javoblar varaqasiga ko‘chirasiz.
3 ta kengaytirilgan savol – yechimlari bilan birga javobni yozishingiz talab qilinadi.
Bu kitob biologiya fanidan bilimlarni yanada chuqurlashtirishga, Milliy Sertifikat imtihonlariga ishonch bilan tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Har bir topshiriq ilmiy aniqlik va e’tibor bilan tayyorlangan 🌱.
Nihol unib-o‘sib daraxtga aylanguncha bog‘bonning mehnati kerak bo‘lganidek, bizning muvaffaqiyatimizda ham ota-onalarimiz va ustozlarimizning o‘rni ulug‘dir.
Mazkur kitobni tayyorlashda bizga ko‘mak bergan Buxoro viloyati Romitan tumani markazidagi “MIRZAYEVA EDUCATION” o‘quv markazi boshlig‘i Mirzayeva Ma’rifat ustozimizga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz 🙏🌟.
Sizni bilim cho‘qqilariga olib chiqishda bu kitob ishonchli yo‘ldosh bo‘lishiga ishonamiz! 💪📖

