• Muqovasi: Yumshoq
• Sahifalar soni: 336 Bet
Ushbu kitob BIOLOGIYA fanidan MILLIY SERTIFIKAT imtihonlariga tayyorlanuvchi o‘quvchilar, abituriyentlar, o‘qituvchilar va shu fanga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda 30 ta variant keltirilgan. Har bir variantda Bilimni Baholash agentligi (BMBA) tomonidan o‘tkazib kelinayotgan sertifikatlash imtihonlarida foydalanilayotgan test topshiriqlariga o‘xshash 43 tadan (yangi format bo‘yicha) test topshiriqlari va ularning to‘g‘ri javoblari berilgan. Har bir variantda berilgan 43 ta topshiriq quyidagicha taqsimlangan:
1–32-topshiriqlar bitta to‘g‘ri javobga ega muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
33–35-topshiriqlar moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i;
36–40-topshiriqlar qisqa javobni talab qiladigan ochiq test topshirig‘i;
41, 42, 43-topshiriqlar kengaytirilgan javobni talab qiladigan ochiq test topshiriqlari (yozma ishlar).
1-40-topshiriqlar uchun jami 75 ball, 41, 42, 43-topshiriqlar uchun jami 75 ball (talabgorning har bir variant bo‘yicha olgan balini hisoblash uchun ikkala qismdan olgan ballari qo‘shilib ikkiga bo‘linadi)
Qo‘lingizdagi ushbu to‘plamning boshqa shu yo‘nalishda yozilgan boshqa kitoblardan farqi bunda yozma ish qismi uchun BAHOLASH MEZONLARI ham keltirilganidir.
Diqqat! Ushbu kitob muallifning 2024-yilda chiqqan «MILLIY SERTIFIKAT namunaviy test topshiriqlari BIOLOGIYA» kitobining mantiqiy davomi bo‘lib ushbu kitobdagi barcha test topshiriqlari to‘liq yangilangan!

