Ushbu qo‘llanma biologiya fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan. Kitobda biologiyaning barcha bo‘limlari — hujayra tuzilishi, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, inson organizmi, ekologiya hamda genetika mavzulari chuqur va sodda tarzda yoritilgan. Har bir bo‘limga oid test topshiriqlari va ularning javoblari keltirilgan bo‘lib, bu abituriyentlarga o‘z bilimlarini mustaqil baholash imkonini beradi.

