Biologiya. Mavzulashtirilgan testlar toʻplami. 2-qism
Mualliflar: Akramjon Mamajanov, Mirzohid Mahmudov
TOʻPLAM HAQIDA
Toʻplam Biomentor nazariy qoʻllanmasining 3–4-qism mavzulari boʻyicha tuzilgan 3892 ta test topshirigʻidan iborat. Testlar 23 bob va 70 mavzu tartibida, har mavzu ichida osondan qiyinga qarab joylashtirilgan.
Topshiriqlar bir toʻgʻri javobli, bir nechta javobli, moslashtirish, jadval va rasm asosidagi turlarni qamrab oladi. Har bir testda toʻrtta javob varianti (A, B, C, D) berilgan. Har bir testning toʻgʻri javobi qoʻllanma matni bilan tekshirilgan, javoblar toʻplam oxirida boblar boʻyicha keltirilgan.
Har mavzu oxiridagi QR kod orqali shu mavzu testini onlayn yechish mumkin – natija, toʻgʻri javoblar va qisqa izohlar darhol koʻrsatiladi.
MUNDARIJA (3 boʻlim, 23 bob, 70 mavzu)
VI boʻlim. Odam va uning salomatligi
• 19-bob. Odam organizmi haqida umumiy maʼlumot
• 20-bob. Boshqarish sistemasi. Ichki sekretsiya bezlari
• 21-bob. Tayanch-harakatlanish sistemasi
• 22-bob. Qon
• 23-bob. Qon aylanish sistemasi
• 24-bob. Nafas olish sistemasi
• 25-bob. Ovqat hazm qilish sistemasi
• 26-bob. Moddalar va energiya almashinuvi
• 27-bob. Teri va ayirish sistemasi
• 28-bob. Nerv sistemasi
• 29-bob. Oliy nerv faoliyati
• 30-bob. Sezgi organlari (analizatorlar)
• 31-bob. Odamning koʻpayishi va rivojlanishi
VII boʻlim. Evolyutsiya
• 32-bob. Evolyutsion taʼlimot
• 33-bob. Tur va populyatsiya
• 34-bob. Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi omillari
• 35-bob. Makroevolyutsiya
• 36-bob. Yerda hayotning paydo boʻlishi va rivojlanishi
• 37-bob. Odamning kelib chiqishi
VIII boʻlim. Ekologiya va biosfera
• 38-bob. Ekologiya asoslari
• 39-bob. Ekosistemalar
• 40-bob. Inson va tabiat
• 41-bob. Biosfera
KIMLAR UCHUN
Toʻplam Milliy sertifikat, attestatsiya va DTM imtihonlariga tayyorgarlik koʻrayotgan oʻquvchilar, abituriyentlar hamda biologiya oʻqituvchilari uchun moʻljallangan.
TEXNIK MAʼLUMOTLAR
• Format: A4 (210 × 297 mm)
• Sahifalar soni: 323 bet
• Testlar soni: 3892 ta
• Bosma: rangli
• Til: oʻzbek (lotin yozuvi)
• Nashr: 1-nashr, Namangan – 2026
Mavzulashtirilgan testlar toʻplami 2 qismdan iborat: 1-qism – nazariy qoʻllanmaning 1–2-qismlari, 2-qism – 3–4-qismlari mavzulari boʻyicha.

