• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil.
• Tuzuvchi: Qobulxo‘jayev Yorqinxo‘ja
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84x108 1/16 (A4)
Qo‘llanmadan biologiya fani o‘qituvchilari, akademik litsey, texnikum vamaktab o‘quvchilari, qolaversa, biologiya fanidan oliy ta‘lim muassalariga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Biologiya fanidan berilayotgan testlar maktab darsliklari asosida tuzilib abituriyentlarning bilim darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Bu test savollari ham nazariy, ham ayrim mavzular doirasida tuzilgan masalalardan iborat bo‘ladi. Masalan, nuklein kislotalar, moddalar va energiya almashinuvi, hujayralarning mitoz va meyoz usulda bo‘linib ko‘payishi, o‘simlik va hayvonlardagi gametogenez va embriogenez jarayonlari, genetika, ekologik piramida kabi mavzular doirasida qiziqarli masalalar tuzilib, abituriyentlarga sinov tariqasida taqdim etiladi. Biologiyaga oid masalalarni ishlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida ushbu BIOLOGIYADAN MASALALAR TO‘PLAMI nomli kitob taqdim etildi. Ushbu kitob o‘z ichiga yuqorida ko‘rsatilgan mavzular doirasida nazariy masalalarni qamrab olgan. Nazariy ma’lumotlar juda sodda va tushunarli qilib yoritilgan. Masalalar esa DTM tomonidan tuzilgan original masalalar va ushbu kitob muallifi tomonidan tuzilgan yangi turdagi masalalardan iborat.

