Ma’lumotnomada tirik organizmlarning tuzilishi, funksiyalari va rivojlanishi, ularning xilma-xilligi, Yer yuzida tarqalishi, o‘zaro va tashqi muhit bilan munosabatlari haqida zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Unda umumiy biologiya masalalari (eukariot va prokariot hujayralar, viruslar, to‘qimalarning tuzilishi va funksiyasi, genetika, evolyutsiya, ekologiya), insonning funksional anatomiyasi, fiziologiyasi, o‘simliklarning morfologiyasi va sistematikasi, shuningdek zamburug‘lar, lishayniklar va shilimshiq organizmlar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar zoologiyasi ko‘rib chiqilgan.
Kitob maktab o‘quvchilari va tibbiyot, biologiya, ekologiya, veterinariya, agronomiya, zootexnika, pedagogika hamda sport yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga kirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan. Undan maktab o‘qituvchilari ham samarali foydalanishlari mumkin. Kitob talabalarga ham foydali bo‘ladi.

