Biologiya. Attestatsiya. 2-qism (31–60-variantlar)
Mualliflar: Akramjon Mamajanov, Mirzohid Mahmudov
TOʻPLAM HAQIDA
Ushbu toʻplam umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari biologiya fani oʻqituvchilarining attestatsiya malaka sinoviga tayyorlanishi uchun moʻljallangan. Test topshiriqlari Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining biologiya fani oʻqituvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun tasdiqlangan spetsifikatsiyasi (Toshkent – 2026) asosida tuzilgan.
VARIANT TUZILISHI (50 ta savol)
• 1–35-savollar: mutaxassislik fani (biologiya) – 35 ta
• 36–40-savollar: kasb standarti – 5 ta
• 41–50-savollar: pedagogik mahorat (umumiy pedagogika va biologiya oʻqitish metodikasi) – 10 ta
Har bir variantda yagona toʻgʻri javobli (Y1), moslashtirishni talab qiluvchi (Y2) va ketma-ketlikni talab qiluvchi (Y3) topshiriqlar berilgan. Biologiya boʻyicha 35 ta savol spetsifikatsiyadagi beshta mazmun sohasi va kognitiv darajalar (bilish, qoʻllash, mulohaza qilish) taqsimotiga mos tanlangan.
BAHOLASH VA VAQT
• Bajarish vaqti: 120 daqiqa
• Har bir toʻgʻri javob – 2 ball, notoʻgʻri javob – 0 ball
• Umumiy natija – 100 ball
TOʻPLAMDAN FOYDALANISH
• Har bir variant yangi sahifadan beriladi.
• Variantni vaqtni belgilab (120 daqiqa) mustaqil yeching, soʻng kitob oxiridagi toʻgʻri javoblar jadvali bilan solishtiring.
• Barcha variantlarni onlayn yechish mumkin, natijalar avtomatik baholanadi; havolalar QR kod orqali beriladi.
MANBALAR
Biologiya savollari maktab biologiya darsliklari (5–11-sinflar) va Biomentor nazariy qoʻllanmasi asosida; kasb standarti va pedagogik mahorat savollari spetsifikatsiyada tavsiya etilgan adabiyotlar – «Umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻqituvchisi kasb standarti», R.A. Mavlonova «Umumiy pedagogika», A. Xoliqov «Pedagogik mahorat», Oʻ. Tolipov, D. Roʻziyeva «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», I.T. Azimov «Biologiya oʻqitish metodikasi» asosida tuzilgan.
TEXNIK MAʼLUMOTLAR
• Format: A4 (210 × 297 mm)
• Sahifalar soni: 277 bet
• Variantlar: 31–60 (30 ta), jami 1500 ta savol
• Bosma: rangli
• Til: oʻzbek (lotin yozuvi)
Biologiya. Attestatsiya turkumi 2 qismdan iborat: 1-qism – 1–30-variantlar, 2-qism – 31–60-variantlar.

