• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil.
• Tuzuvchi: Mirmuxsin Axtamov
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Mazkur kitob 9-sinf va 10-sinf biologiya fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasdiqlangan so‘nggi nashr darsliklariga asoslanib tayyorlangan bo‘lib, bu «qulay qo‘llanma»da BMB (eski DTM) va sertifikat imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan asosiy ma’lumotlar sodda va ravon tilda tushuntirilgan. Kitobning qulayligi ikki kitob (9-sinf va 10-sinf) darsliklari bittada yoritilgan va ikkala kitobdagi umumiy mavzular yaxlit «qolip» ko‘rinishiga keltirilgan. O‘quvchilarni yodlashga emas mavzuni mukammal tushunib o‘zlashtirishlariga erishish uchun mavzular diagrammalar, rasmlar bilan boyitilgan. Kitob asosan abituriyentlarga mo‘ljallangan bo‘lsada, milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun juda effektli hisoblanadi. Bu kitobni mukammal o‘zlashtirgan abituriyentlar BMB va sertifikat imtihonlarida tushishi mumkin bo‘lgan 9 va 10-sinf bo‘yicha har qanday savolga javobni bemalol qiynalmay topa olishiga aminmiz!

